Ma’rifat maskaniga sayohat


     Yosh avlodni kitobga bo’lgan mehrini oshirish, bo’sh vaqtlarini ma’rifat maskani bo’lmish kutubxonada o’tkazishlari hamda kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida, 2019 yil 24 oktyabr kuni Milliy gvardiya qoshidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi o’quvchilari uchun «Bilim» AKM bo’ylab sayohat uyushtirildi. «Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish» bo’limi mutaxassislari kutubxona tarixi, fondi, AKMga a’zo bo’lish tartibi, kutubxona qoidalari  haqida gapirib berdilar.
     Shuningdek, Toshkent shahrining 2210 yilligi munosabati bilan umumiy o’quv zali sektoridagi «Ko’hna va navqiron Toshkent» nomli ko’rgazmadagi adabiyotlar targ’ib qilindi. Sayohat so’ngida elektron o’quv zali sektori xodimi D. Raximboboyeva kitobxonlarga kompyuter zalidagi yaratilgan shart- sharoitlar hamda bepul kompyuter savodhonlik kursi haqida ma’lumot berdi.



Комментарии