“INFOLIB UZBEKISTAN-2019” VIII Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida “Bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyiha” Respublika tanlovi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot-kutubxona markazlari, turli vazirlik va idoralar axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislari, doktorantlar, magistrantlar va oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida kitoblarni ommalashtirish va fuqarolarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovning Respublika bosqichi 2019 yil 29 oktyabr kuni “INFOLIB UZBEKISTAN-2019” VIII Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tanlov “Interfaol kitob” va “Foydalanuvchi bilan ishlashning interfaol shakllari” nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilari o‘zlarining bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilishning innovatsion shakllari va usullari, axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilarini hamda aholining keng qatlamlarini kitob va kitobxonlik faoliyatini rivojlantirish, bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish sohasida eng yaxshi uslubiy va innovatsion ish tajribasi bazasini shakllantirish, mutolaa va kitobga bo‘lgan doimiy qiziqishni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarini taqdim etdilar.
Hayyat xulosasiga ko‘ra, “Interfaol kitob” nominatsiyasi bo‘yicha Zulfiya Seyitniyazovaning “Interfaol o‘qish” uslubiy ishlanmasi, “Foydalanuvchi bilan ishlashning interfaol shakllari” nominatsiyasi bo‘yicha esa Toshkent shahar "BILIM" axborot kutubxona markazi "Axborot bibliografiya" bo`lim boshlig`i Venera Muratovaning “Kitobxon mahalla” loyihasi g‘olib deb topildi. Mukofot egalariga noutbuk, kitoblar to‘plami hamda pul mukofotlari topshirildi.
Комментарии
Отправить комментарий