O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-son, 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarorlari ijrosini ta'minlash, shuningdek, Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri - yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida hamdaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-f-son farmoyishi asosida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan joriy yilning 28 oktyabr - 1 noyabr kunlari an'anaviy “INFOLIB - UZBEKISTAN-2019” VIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazilmoqda.
Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - respublikamizda axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantirish, aholiga axborotlar olishning manbai, shakl va metodlarini yetkazish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish, sohaga joriy qilingan zamonaviy, ilmiy-metodik ishlanmalar bilan tanishtirish, kitobxonlik va kitob mutolaasini targ‘ib qilish, yoshlarni intellektual bilimi va saviyasini oshirishga qaratilgan tadbirlar orqali ularni kutubxonalarga qiziqishini oshirishdan iborat.
Комментарии
Отправить комментарий