Respublikamizdagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya olayotgan imkoniyati cheklangan bolalarimizni jamiyatning faol a’zolari bo’lib yetishishlari, o’quvchilar bo’sh vaqtlarini maroqli o’tkazishlari hamda kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida 2019 yil 17 oktyabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 4-sonli Skolioz bilan kasallangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatidan tashrif buyurgan 4-sinf o’quvchilari uchun «Bilim» AKM bo’ylab sayohat uyushtirildi. «Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish» bo’limi mutaxassislari kutubxona fondidagi mavjud adabiyotlar, ularning mazmuni, AKMga a’zo bo’lish tartibi, kutubxona qoidalari haqida o’quvchilarga ma’lumot berdilar. Shuningdek, xodimlar tomonidan o’quvchilarni qiziqtirgan bolalar adabiyotlari hamda kitobxonlar uchun o’quv va elektron zallarida yaratilgan shart-sharoit bilan tanishtirildi. Sayohat so’ngida yosh kitobxonlar uchun «Axborot - bibliografiya» bo’limi mutaxasislari «Toshkent shahrining 2210 yilligi» munosabati bilan tashkil qilingan ko’rgazmadagi adabiyotlarga bibliografik sharh berdilar.
Комментарии
Отправить комментарий